Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Lion» afsonasi va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar vafot etdi

«Lion» afsonasi va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar vafot etdi

Baho:
+ | -

«Lion» klubi sobiq hujumchisi va jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar Fleri Di Nallo 83 yoshida vafot etdi.

Fransiyalik afsonaviy futbolchi «Lion» safida barcha turnirlarda 494 ta uchrashuvda maydonga tushib, 222 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu natija hozirgacha klub tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi.

Jamoa tarkibida Di Nallo uch bor Fransiya kubogi (1964, 1967, 1973) sohibiga aylangan va bir marta mamlakat Superkubogida (1973) zafar quchgan.

Faoliyati davomida u «Lion»dan tashqari «Red Star» va «Monpelye» kabi klublar sharafini ham himoya qilgan. Fransiya terma jamoasi safida esa 10 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 8 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 22:20, 13.05.2026.
O'qildi: 808 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик