Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Rekordga 9 qadam qolganda: Flikning «Barselona»si Gvardiola natijasini yangilay olmadi

Rekordga 9 qadam qolganda: Flikning «Barselona»si Gvardiola natijasini yangilay olmadi

Baho:
+ | -

Xans-Diter Flik boshchiligidagi «Barselona» La Liganing 36-turida kutilmagan natija qayd etdi. Muddatidan oldin chempionlikni naqd qilgan kataloniyaliklar mehmonda «Alaves»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ushbu bahs «ko‘k-anorranglilar» uchun nafaqat mag‘lubiyat, balki uzoq davom etgan rekord seriyaning to‘xtashi bilan ham tarixda qoldi. Jamoa chempionat doirasida qatorasiga 55 ta o‘yindan beri maydonni golsiz tark etmayotgan edi. Oxirgi marta «Barselona» 2024 yilning dekabr oyida raqib darvozasini ishg‘ol qila olmagandi.

Amaldagi chempionlar mutlaq rekordni yangilay olishmadi. La Liga tarixidagi eng uzoq golli seriya hamon Xosep Gvardiola va Tito Vilanova davridagi «Barsa»ga tegishli bo‘lib qolmoqda. O‘shanda jamoa 2012 yil boshidan 2013 yil kuzigacha ketma-ket 64 o‘yinda gol urishni uddalagan.

Ma’lumot uchun, «Alaves» bilan bahs kataloniyaliklar uchun turnir jadvali jihatidan ahamiyatsiz edi, chunki jamoa o‘tgan turdayoq chempionlikni qo‘lga kiritib bo‘lgan.

Kiritildi: 10:35, 14.05.2026.
O'qildi: 286 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик