Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» 2024 yildan beri ilk bor darvozaga aniq zarba bera olmadi

«Barselona» 2024 yildan beri ilk bor darvozaga aniq zarba bera olmadi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 36-turida «Alaves»ga imkoniyatni boy bergan (0:1) «Barselona» o‘zi uchun noxush bo‘lgan ko‘rsatkichni qayd etdi. Xansi Flik shogirdlari butun o‘yin davomida raqib darvozasi sohasiga biror marta aniq zarba yo‘llay olishmadi.

Kataloniyaliklar uchrashuv davomida jami 8 bor zarba berishgan bo‘lsa-da, ularning barchasi noaniq ketdi. Maydon egalari bo‘lgan «Alaves» futbolchilari esa 9 ta zarbadan 3 tasini aniq amalga oshirishdi va ulardan biri g‘alaba goliga aylandi.

Bu «Barselona» uchun so‘nggi yillardagi eng yomon natijalardan biri bo‘ldi. Jamoa bungacha 2024 yilning noyabrida «Real Sosyedad»ga qarshi bahsda raqib darvozasini aniq nishonga ololmagan edi. Undan avvalroq esa bunday holat 12 yil oldin — 2014 yilning sentyabrida «Malaga» bilan o‘yinda kuzatilgan.

Kiritildi: 13:23, 14.05.2026.
O'qildi: 533 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик