Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«PSJ» so‘nggi 15 yilda Fransiyaning qolgan barcha klublaridan ko‘proq sovrin yutdi

«PSJ» so‘nggi 15 yilda Fransiyaning qolgan barcha klublaridan ko‘proq sovrin yutdi

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bahsda «Lans»ni mag‘lub etgan (2:0) «PSJ» navbatdagi chempionlikni qo‘lga kiritdi. Luis Enrike shogirdlari ushbu g‘alaba orqali nafaqat titulni himoya qilishdi, balki hayratlanarli statistik ko‘rsatkichni ham qayd etishdi.

Qatarlik investorlar klubni sotib olgan 2011/12 yilgi mavsumdan buyon «Pari Sen-Jermen» jami 41 ta sovringa ega chiqdi (shundan 38 tasi Fransiya ichki musobaqalarida). Bu vaqt oralig‘ida Fransiyaning qolgan barcha klublari birgalikda jami 14 tagina g‘alabaga erishishgan.

Boshqacha aytganda, Parij klubining bir o‘zi so‘nggi 15 yil ichida mamlakatdagi barcha raqiblarining umumiy sovrinlaridan uch baravar ko‘proq muvaffaqiyatga erishgan. «PSJ»dan tashqari faqatgina «Lill» va «Lion» jamoalari ushbu davrda bir martadan ko‘p (ikkitadan) sovrin yutishga muvaffaq bo‘lishdi, xolos.

Kiritildi: 13:26, 14.05.2026.
O'qildi: 182 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик