Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/06 05:00 Urugvay 0-1 Ispaniya
27/06 05:00 Kabo-Verde 0-0 Saudiya Arabistoni
27/06 08:00 Misr 1-1 Eron
27/06 08:00 Yangi Zelandiya 1-5 Belgiya
28/06 02:00 Panama 0-2 Angliya
28/06 02:00 Xorvatiya 2-1 Gana
28/06 04:30 Kongo DR 3-1 O‘zbekiston
28/06 04:30 Kolumbiya 0-0 Portugaliya
28/06 07:00 Jazoir 3-3 Avstriya
28/06 07:00 Iordaniya 1-3 Argentina
28/06 23:59 JAR - Kanada
29/06 22:00 Braziliya - Yaponiya

Alvares «Atletiko»dan ketadimi? Matteo Moretto vaziyatga oydinlik kiritdi

Alvares «Atletiko»dan ketadimi? Matteo Moretto vaziyatga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -

Taniqli insayder Matteo Moretto Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresning kelajagi borasidagi so‘nggi ma’lumotlarni ochiqladi. Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy takliflar mavjud emas.

«Bir nechta jihatga aniqlik kiritmoqchiman. «Atletiko» Xulianning qolishini istaydi, futbolchining o‘zi ham Madridda baxtli. Hozirda shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. To‘g‘ri, Alvares sovrinlar yutishni xohlaydi, «Atletiko» ham tarkibni kuchaytirib, sovrinlar uchun kurashish niyatida», — deydi Moretto.

Shuningdek, insayder futbolchining ketishi faqat uning shaxsiy qaroriga bog‘liqligini ta’kidladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, argentinalik hujumchiga «PSJ» va «Barselona» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda, biroq hozircha Madrid klubi bilan hech kim bog‘lanmagan.

«Agar transfer amalga oshadigan bo‘lsa, uning qiymati 100 milliondan 130 million yevrogacha baholanishi mumkin. «PSJ» yoki «Barsa» kelishuvga o‘z futbolchilarini qo‘shish variantini ham ko‘rib chiqishlari ehtimoldan xoli emas», — deya qo‘shimcha qildi jurnalist.

Kiritildi: 17:35, 14.05.2026.
O'qildi: 999 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик