Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Bernardu Silva faoliyatini davom ettirish variantlaridan birini istisno qildi

Bernardu Silva faoliyatini davom ettirish variantlaridan birini istisno qildi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva kelayotgan yozda "Benfika"ga qaytmaydi.

Portugaliyalik futbolchi "shaharliklar" safini tark etmoqda — mavsum yakunlangach, u erkin agentga aylanadi. "Benfika" o‘yinchiga asosiy da’vogarlardan biri sifatida qaralayotgan edi, biroq xavbekning o‘zi Lissabonga qaytishni hozircha kutmaslik kerakligini ma’lum qildi.

"Men jon deb qaytgan bo‘lardim, lekin hozir emas. O‘sha paytda "Benfika"ga kerak bo‘lamanmi-yo‘qmi, bunisini bilmayman", — deya jurnalist Fabrisio Romano Silvaning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

"Siti"ning 31 yoshli sardori uchun asosiy da’vogarlar sifatida "Barselona" va "Yuventus" tilga olinmoqda. Taxminlarga ko‘ra, futbolchining o‘zi "ko‘k-anorranglilar" safiga qo‘shilishni afzal ko‘rmoqda, biroq "keksa sinyora" ancha faolroq harakat qilmoqda.

Kiritildi: 11:22, 15.05.2026.
O'qildi: 663 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик