Lissabonning «Benfika» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Madridning «Real» klubidagi vaziyat haqida gapirib, ichki inqiroz va kuchayib borayotgan bosim ostida qolgan jamoa ustozi Alvaro Arbeloani qo‘llab-quvvatladi.
«Bu menga og‘riq beradi, chunki u mening do‘stim. Men uning murabbiyi bo‘lgan vaqtimda u men uchun bor-budini bergan futbolchilardan biri edi. Bu aloqa abadiy qoladi», — deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Madrid Universal.
Mourinyu top-klubdagi murabbiylik faoliyati doimo ulkan bosim va doimiy tanqidlar bilan birga kechishini ta’kidladi.
«Men murabbiylikni boshlagan sobiq futbolchilarim bilan tez-tez hazillashib turaman: «Bir necha yil kuting va sochlaringiz qanchalik oqarishini ko‘rasiz». Shundagina ular futbolchi bo‘lish murabbiylikdan ko‘ra ancha osonroq ekanini tushunishadi», — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Arbeloa mavsum davomida «Real» boshqaruvini qo‘lga olgan edi. Jamoa chempionatni ikkinchi o‘rinda yakunlamoqda, avvalroq esa Chempionlar ligasidagi ishtirokini chorak final bosqichida to‘xtatgan edi. Shuningdek, «Real» mamlakat Kubogining 1/8 finalida mag‘lub bo‘lib, musobaqadan chiqib ketgan.













