Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» Menyanni kuzatishda davom etmoqda

«Chelsi» Menyanni kuzatishda davom etmoqda

Baho:
+ | -

«Milan»ning fransuz darvozaboni Mayk Menyan hamon Londonning «Chelsi» klubi qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, darvozabon «Milan» bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirganiga qaramay, «Chelsi» unga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotmagan. Ta’kidlanishicha, posbon faqat ikkita muhim shart bajarilgan taqdirdagina klubda qolishga tayyor: jamoaning Chempionlar ligasiga yo‘l olishi va Massimiliano Allegrining bosh murabbiy lavozimida qolishi.

Agar vaziyat o‘zgarsa, «Chelsi» shu yozda Menyanni sotib olishga harakat qilib ko‘radi. Joriy mavsumda 30 yoshli Menyan barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 35 ta gol o‘tkazib yubordi va 16 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 15:59, 15.05.2026.
O'qildi: 746 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик