Kirish Ro'yxatdan o'tish

Van Deyk «Galatasaroy» taklifiga javob qaytardi

Van Deyk «Galatasaroy» taklifiga javob qaytardi

Baho:
+ | -

«Liverpul» sardori Virjil van Deyk yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida «Galatasaroy»ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, Turkiya klubi «qizillar»ning markaziy himoyachisini transfer bozoridagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilab olgan.

Bundan tashqari, jurnalist Arda Ozkurtning xabar berishicha, niderlandiyalik yulduz agar «Liverpul» shu yozda uni qo‘yib yuborishga rozi bo‘lsa, taklifni qabul qilishga tayyorligini allaqachon «Galatasaroy» rahbariyatiga ma’lum qilgan. Van Deykning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarida nihoyasiga yetadi. Futbolchining transfer bahosi Transfermarkt portali tomonidan 18 million yevroga baholangan. Shu yilning iyul oyida Virjil 35 yoshni qarshi oladi.

Kiritildi: 10:52, 16.05.2026.
O'qildi: 575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик