Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» bosh direktori Olisening kelajagi haqida gapirdi

«Bavariya» bosh direktori Olisening kelajagi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Yan-Kristian Drizen Maykl Olisening klubdagi kelajagi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Fransuz vingeri Myunxen jamoasi safida barcha turnirlarda 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol va 30 ta golli uzatma bilan dahshatli mavsumni o‘tkazdi.

«Olise hali ko‘p yillar davomida bizda o‘ynaydi. Uning o‘yinini shunchaki tomosha qilish — ulkan zavq bag‘ishlaydi. U nafaqat maydonda, balki kiyinish xonasida ham juda muhim figuradir», — deya Drizenning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Maykl Olise 2024 yilning yozida «Kristal Pelas»dan ko‘chib o‘tib, «Bavariya» safini to‘ldirgan edi. 24 yoshli futbolchining Bundesliga grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 10:13, 17.05.2026.
O'qildi: 470 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик