Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» bosh direktori yozgi transfer rejalari va tarkibni kuchaytirish haqida gapirdi

«Bavariya» bosh direktori yozgi transfer rejalari va tarkibni kuchaytirish haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Drizen klubning transfer rejalari haqida gapirib berdi. Myunxen grandining bir qator nomdor futbolchilarga, jumladan, «Nyukasl»ning ingliz futbolchisi Entoni Gordonga qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

«Ko‘ramiz. Biz Maks Eberl va Kristof Froynd bilan vaziyatni muhokama qilamiz va yozda qanday qadamlarni amalga oshirish kerakligini hal qilamiz. Albatta, biz jamoani kuchaytirishni davom ettirishni istaymiz. Vazifamiz — har bir transfer orqali tarkibni yanada kuchliroq qilish. Bu doim ham o‘xshayvermaydi, lekin bu biznesning bir qismidir. Umid qilamanki, keyingi mavsum ham yorqin o‘tadi», — deya Drizenning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Shanba kuni «Bavariya» Bundesliganing so‘nggi turi doirasidagi uchrashuvda «Kyoln» jamoasini mag‘lub etdi (5:1). 23 may kuni esa «Shtutgart»ga qarshi Germaniya Kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:14, 17.05.2026.
O'qildi: 377 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик