Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis Enrike «PSJ» darvozaboni Shevalyening kelajagi haqidagi savolga mavhum javob qaytardi

Luis Enrike «PSJ» darvozaboni Shevalyening kelajagi haqidagi savolga mavhum javob qaytardi

Baho:
+ | -

«PSJ» ustozi Luis Enrikega fransiyalik darvozabon Lyuka Shevalyening jamoadagi kelajagi borasida savol berildi.

Matbuotda posbonning yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sababli klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Shevalyening «PSJ»da kelajagi bormi? Har kuni bizni yangi sinov kutib turadi. Jamoadan muhimroq hech narsa yo‘q. Individual holat hech qachon umumiy manfaatdan ustun bo‘la olmaydi. Biz bor e’tiborimizni shunga qaratganmiz», — deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Lequipe nashri.

Avvalroq, Londonning «Tottenxem» klubi Shevalyega qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi. 2025/2026 yilgi mavsumda fransiyalik darvozabon 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 28 ta gol o‘tkazib yubordi. Quruq o‘yinlar soni esa 10 tani tashkil etdi.

Kiritildi: 10:52, 17.05.2026.
O'qildi: 509 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик