Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kyellini Vlaxovichning «Yuventus»dagi kelajagi haqida javob berdi

Kyellini Vlaxovichning «Yuventus»dagi kelajagi haqida javob berdi

Baho:
+ | -

«Yuventus» klubining futbol strategiyasi bo‘yicha direktori Jorjo Kyellini hujumchi Dushan Vlaxovichning jamoadagi taqdiri haqida gapirdi.

«Bugungi «Fiorentina»ga qarshi o‘yin Vlaxovich uchun «Yuventus» libosidagi oxirgisi bo‘lib qolmaydi, deb umid qilamiz», — deya Kyellinining so‘zlarini keltiradi insayder Nikolo Skira.

Dushan Vlaxovich 2022 yilda «Fiorentina»dan «Yuventus»ga 85 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda serbiyalik hujumchi turinliklar safida barcha turnirlarda 22 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Transfermarkt» portali Vlaxovichning narxini 35 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:25, 17.05.2026.
O'qildi: 525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик