«Trabzonspor» Andre Onanani ijara muddati tugaganidan keyin ham jamoada saqlab qolmoqchi. Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» kamerunlik darvozabonga uni asosiy tarkibga qaytarish niyatida emasligini ma’lum qilib bo‘lgan. 30 yoshli posbon 2025 yilning sentyabr oyidan buyon Turkiya klubida to‘p surmoqda va rahbariyat hamda murabbiylar shtabida katta taassurot qoldirishga ulgurdi.
Onana «Trabzonspor»ning Turkiya Kubogi finaliga chiqishiga yordam berdi, bundan oldin esa «Samsunspor»ga qarshi chorak final uchrashuvida uchta penaltini qaytarib, qahramonga aylangan edi. Hozirda eng real variant — «Trabzonspor» bilan yangi ijara shartnomasi imzolash bo‘lib turibdi, vaholanki Onanaga boshqa klublar, jumladan «Beshiktosh» ham qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining transfer bahosi yuqoriligi sababli uni to‘liq sotib olish muammo tug‘dirishi mumkin. «Manchester Yunayted» 2023 yilning yozida «Inter»ga Onana uchun to‘langan 55 million yevroning sezilarli qismini qaytarib olishdan umid qilmoqda.













