Kirish Ro'yxatdan o'tish

Brunu Fernandesh APLda eng zo‘ri ekanligi haqidagi savolga javob berdi: "Juda yuqori darajaga chiqdim, ammo..."

Brunu Fernandesh APLda eng zo‘ri ekanligi haqidagi savolga javob berdi: "Juda yuqori darajaga chiqdim, ammo..."

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" jamoasining hujumkor yarim himoyachisi va haqiqiy yetakchisi Brunu Fernandesh o‘zini Angliya Premyer-ligasining eng zo‘r futbolchisi deb hisoblashi yoki yo‘qligi borasidagi savolga javob qaytardi.

Eslatib o‘tamiz, yaqindagina portugaliyalik maestro Angliya futbol jurnalistlari assosiasiyasi talqiniga ko‘ra, mamlakatda "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deya e’tirof etilgan edi.

"Men juda yuqori darajaga chiqdim va bunga kimdir e’tiroz bildira oladi, deb o‘ylamayman. Ammo mendan APLning eng yaxshi futbolchisimisan, deb so‘rasangiz, bunga javob berishim qiyin bo‘ladi", — dedi mankunianliklar yarim himoyachisi.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Fernandesh joriy mavsumda "qizil iblislar" libosida barcha turnirlarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U o‘z hisobiga 8 ta gol yozdirib qo‘yishdan tashqari, sheriklariga 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:34, 17.05.2026.
O'qildi: 928 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик