Kirish Ro'yxatdan o'tish

Spalletti Duglas Luisga ikkinchi imkoniyatni berishi mumkin

Spalletti Duglas Luisga ikkinchi imkoniyatni berishi mumkin

Baho:
+ | -

«Aston Villa»ning braziliyalik yarim himoyachisi Duglas Luis «Yuventus»ga qaytishi mumkin. Bu haqda «Gazzetta dello Sport» nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, kelayotgan yozda «Yuventus» 28 yoshli futbolchiga yangi imkoniyat taqdim etishi mumkin. Avvalroq Turin klubi Luisni sotib yuborishi kutilgandi, biroq «Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti uni jamoada qoldirish haqida o‘ylamoqda.

Ta’kidlanishicha, murabbiy Luisning «Aston Villa»dagi ijarasi davomida ko‘rsatgan o‘yinidan hayratda qolgan. «Aston Villa» tarkibida yarim himoyachi barcha turnirlarda 18 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Transfermarkt» portali ma’lumotlariga ko‘ra, Luisning bozor qiymati 20 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 19:36, 17.05.2026.
O'qildi: 578 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик