Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lionel Messining goli va assisti «Inter Mayami»ga MLSda g‘alaba keltirdi (videosharh)

Lionel Messining goli va assisti «Inter Mayami»ga MLSda g‘alaba keltirdi (videosharh)

Baho:
+1 | -

MLS doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Inter Mayami» o‘z maydonida «Portlend Timbers»ni qabul qildi. Fort-Loderdeyl shahridagi «Di-Er-Vi Pi-En-Ka Stedium»da o‘tgan bahs mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘olib jamoa safida Lionel Messi va Xerman Berterame gol urdi. Shuningdek, argentinalik hujumchi bitta golli uzatmani ham amalga oshirdi.

Shu tariqa, «Inter Mayami» MLSdagi g‘alabali seriyasini uchta o‘yinga yetkazdi. «Portlend Timbers» esa so‘nggi to‘rt uchrashuvdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

MLSning keyingi turida «Inter Mayami» «Filadelfiya Yunion»ga qarshi maydonga tushadi. «Portlend Timbers» esa «San-Xose Ertkveyks» bilan bahs olib boradi.

AQSH — MLS
2026 yil 18 may, dushanba. 01:00
«Inter Mayami» — «Portlend Timbers» 2:0
Gollar: Lionel Messi 31, Xerman Berterame 42.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:30, 18.05.2026.
O'qildi: 1499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик