Angliyalik mashhur sobiq futbolchi Gari Nevill Xabi Alonsoning «Chelsi»ga tayinlanishi haqida o‘z fikrini bildirdi. Yakshanba kuni «ko‘klar» ispaniyalik mutaxassis bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qilishdi. Murabbiy nafaqat futbol masalalariga mas’ul bo‘ladi, balki klubda uni shunchaki birinchi jamoa bosh murabbiyi emas, balki menejer sifatida ko‘rishmoqda.
«Menimcha, Alonso shunchaki: «mana bu, mana bu va ana u futbolchilar ketishi kerak, mana bularni esa olib qolish lozim», deb aytadi. U nazoratni va ishonchlilikni his qilishi kerak. Nazarimda, u o‘zining qarashlarini darhol himoya qila boshlagan va nima uchun aynan u aytgandek yo‘l tutish kerakligini tushuntirib bergan, shu sababli ham uni menejer etib tayinlashdi», — dedi Nevill o‘z podkastida.
Xabi Alonsoning «Chelsi» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.













