Fransiyaning «Marsel» klubi uchun juda shiddatli va notinch o‘tgan mavsum yakuniga yetmoqda. Bu mavsum Mexdi Benatianing klubni rasman tark etayotgani haqidagi xabar bilan nihoyasiga yetyapti.
Bu haqda ancha oldin ma’lum edi — Benatia hali qishdayoq ketishini e’lon qilgan, biroq keyinroq mavsum oxirigacha qolishga qaror qilgan edi.
Keyingi mavsumni «Marsel» butunlay boshqacha qiyofada — yangi rahbariyat va yangi futbolchilar bilan o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Provans klubi yakunlanayotgan mavsumni Roberto de Dzerbi boshqaruvida boshlagan edi. Biroq hali avgust oyidayoq Adriyen Rabio janjal bilan jamoani tark etdi, yanvar oyi boshida esa Chempionlar ligasidan chiqib ketilgach, italiyalik mutaxassis borasida ham rahbariyatning sabr kosasi to‘ldi va tomonlar o‘zaro xayrlashishdi.













