Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik Levandovski bilan xayrlashuv haqida: «U o‘tgan o‘n yillikning eng yaxshi forvardi edi, o‘rnini bosish juda qiyin»

Flik Levandovski bilan xayrlashuv haqida: «U o‘tgan o‘n yillikning eng yaxshi forvardi edi, o‘rnini bosish juda qiyin»

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni Robert Levandovski «Barselona» tarkibida o‘z maydonidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. Hujumchi 37-tur doirasida «Betis»ga qarshi kechgan bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 85-daqiqagacha o‘ynadi. «Ko‘k-anorranglilar» 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi, biroq polyak samarali harakatlar bilan ajralib tura olmadi.

«Deyarli mukammal oqshom. Agar Levandovski gol urganida, u butunlay mukammal bo‘lardi. Robertning o‘rnini bosish juda qiyin bo‘ladi. U o‘tgan o‘n yillikning eng yaxshi hujumchisi edi. Uning o‘rniga yangi futbolchi sotib olamizmi-yo‘qmi, buni ko‘ramiz, ammo uning o‘rnini shunchaki osonlik bilan to‘ldirib bo‘lmaydi», — deya «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning so‘zlarini keltirmoqda Barca Universal nashri.

Robert Levandovski Kataloniya klubida to‘rt yil davomida to‘p surdi va ushbu davr ichida jamoa safida 192 ta o‘yinda maydonga tushib, 119 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 12:45, 18.05.2026.
O'qildi: 635 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик