Kirish Ro'yxatdan o'tish

Hakam Deniz Aytekin o‘z faoliyatidagi so‘nggi uchrashuvni o‘tkazdi

Hakam Deniz Aytekin o‘z faoliyatidagi so‘nggi uchrashuvni o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

47 yoshli arbitr Bundesliganing 34-turidan o‘rin olgan «Bavariya» – «Kyoln» (5:1) uchrashuvida bosh hakamlik qildi. Referi o‘yindan oldin ham, keyin ham ko‘zyoshlarini tiya olmadi. Bahs startini bildiruvchi hushtak chalinishidan avval u bir necha bor: «Uh, qiyin. Juda qiyin», deb takrorladi.

«Buni ta’riflab berish mushkul. Bundesligadagi shuncha yillardan so‘ng, futbol oilasining bir bo‘lagi bo‘lib, endi uni tark etayotganingni anglash — aslo oson emas. Men cheksiz minnatdorman. Bu maxsus lahzalarni hech qachon unutmayman», — dedi Aytekin Sky efirida.

Aytekin 18 yil davomida yuqori darajadagi uchrashuvlarni boshqarib keldi. Germaniyalik hakam 2017 yilda Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Barselona» va «PSJ» o‘rtasidagi javob o‘yinidan (6:1) so‘ng katta mashhurlikka erishgan edi. O‘shanda kataloniyaliklar dastlabki o‘yindagi 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng keyingi bosqichga yo‘l olishgan edi.

Kiritildi: 16:40, 18.05.2026.
O'qildi: 590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик