Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ueyn Runi Salohning gaplaridan g‘azabda: «Men uni stadionga yaqin ham yo‘latmagan bo‘lardim»

Ueyn Runi Salohning gaplaridan g‘azabda: «Men uni stadionga yaqin ham yo‘latmagan bo‘lardim»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ueyn Runi Muhammad Salohning yaqinda «Liverpul» o‘yini sha’niga aytgan tanqidiy so‘zlariga munosabat bildirdi.

«Agar men Arne Slotning o‘rnida bo‘lganimda, yakshanba kungi o‘yinda Salohni stadionga yaqin ham yo‘latmagan bo‘lardim. To‘g‘risini aytganda, u murabbiyga ishonmasligini ochiqchasiga e’lon qilib, jamoa ichiga granata tashlab ketdi», — deya Runining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum yakunida Saloh «Liverpul»ni erkin agent maqomida tark etadi, uning kelajagi esa hozircha noma’lum bo‘lib turibdi. U «qizillar» safida roppa-rosa to‘qqiz yil o‘tkazdi — misrlik yulduz jamoaga olis 2017 yilda, Yurgen Klopp davrida kelgan edi.

Avvalroq hujumchi o‘zining shaxsiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida «Liverpul» o‘zining «hujumkorlik qiyofasini» qaytarishi kerakligi, chunki raqiblar jamoadan qo‘rqmay qo‘ygani haqida yozib qoldirgan edi.

Kiritildi: 21:59, 18.05.2026.
O'qildi: 1110 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик