«Real» klubi dushanba kuni himoyachi Dani Karvaxal yaqin orada jamoani tark etishini e’lon qildi. Ushbu voqea munosabati bilan madridliklar prezidenti Florentino Peres o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Dani Karvaxal — «Real» va uning akademiyasining afsonasi hamda ramzidir. Uning sevimli va unutilmas Alfredo Di Stefano bilan birgalikda «Real» bazasining birinchi g‘ishtini qo‘yayotgan paytdagi surati barcha madridchilarning yuragida va klubimiz tarixida abadiy qoladi. Karvaxal har doim «Real» qadriyatlarini namunali tarzda o‘zida mujassam eta olgan. Bu yer uning uyi va bundan keyin ham hamisha shunday bo‘lib qoladi», — deya Peresning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «qaymoqranglilar»ning rasmiy sayti.
Dani Karvaxal deyarli butun faoliyatini «Real»da o‘tkazdi. Bundan faqat 2012/2013 yilgi mavsum mustasno bo‘lib, o‘shanda himoyachi Leverkuzenning «Bayer» klubi sharafini himoya qilgan edi.
«Real» joriy 2025/2026 yilgi mavsumdagi so‘nggi uchrashuvini 23 may kuni o‘z maydonida Bilbaoning «Atletik» klubiga qarshi o‘tkazadi.













