«Benfika» bosh murabbiyligida Joze Mourinyoning o‘rnini kimlar egallashi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.
Avvalroq, 63 yoshli mutaxassis «Real» boshqaruviga o‘tishga yaqin ekanligi haqida xabar berilgan edi.
Sky Sports nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Mourinyo ketganidan so‘ng Portugaliya klubi Marku Silva yoki Ruben Amorimni bosh murabbiy etib tayinlashga harakat qiladi.
Amorimning oxirgi ish joyi «Manchester Yunayted» klubi bo‘lib, u jamoani 2024 yilning noyabridan 2026 yilning yanvarigacha boshqargan edi. Silva esa 2021 yildan buyon «Fulxem» klubida faoliyat yuritib kelmoqda.













