Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Nyukasl» hujumchisi uchun 70 mln yevro so‘ramoqda

«Nyukasl» hujumchisi uchun 70 mln yevro so‘ramoqda

Baho:
+ | -

«Everton» va «Aston Villa» klublari «Nyukasl» hujumchisi Uilyam Osulani sotib olishga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Inews nashri.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «qarg‘alar» 22 yoshli daniyalik futbolchini boshqa jamoaga taxminan 60–70 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. 2025 yilning yozida futbolchiga «Ayntraxt» klubi qiziqish bildirgan va ularga hujumchining transfer huquqini 35 million yevroga sotib olish taklif qilingan edi.

Osula ayni damda gol va maydonda o‘tkazilgan vaqt nisbati bo‘yicha Angliya chempionati peshqadamlaridan biri bo‘lib turibdi — u taxminan har 106 daqiqada bitta gol urmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:53, 19.05.2026.
O'qildi: 430 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик