«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi Angliya Premyer-ligasining kelgusi mavsumidan kutayotgan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
«APLning keyingi mavsumi juda shiddatli o‘tadi. Ochiq ko‘rinib turibdiki, «Manchester Siti»da yangi murabbiy bo‘ladi, «Chelsi» yangi mutaxassisni tayinladi, «Manchester Yunayted» va «Liverpul» ham yangi murabbiylar bilan ish boshlashi kutilyapti. Shu sababli keyingi mavsumda APLni umuman prognoz qilib bo‘lmaydi. Bosh sovrinni kim qo‘lga kiritishini kuzatish juda qiziq bo‘ladi», — deya Runining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC.
Ayni damda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 82 ochko jamg‘argan «Arsenal» peshqadamlik qilmoqda. «To‘pchilar» ikkinchi o‘rinda borayotgan «Manchester Siti»dan besh ochko oldinda, biroq «shaharliklar» zaxirasida bitta o‘yin bor.













