Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Rafa Yuste: «Boshqalar yuzlab million sarflayotgan paytda, biz «Barselona»ni 30 million yevro evaziga chempion qildik»

Rafa Yuste: «Boshqalar yuzlab million sarflayotgan paytda, biz «Barselona»ni 30 million yevro evaziga chempion qildik»

Baho:
+ | -

«Barselona» vise-prezidenti Rafa Yuste jamoaning erishgan o‘sishi haqida gapirdi. U kataloniyaliklar og‘ir davrni boshdan kechirishgani, ammo bosqichma-bosqich barqaror rivojlanish modelini qurishga muvaffaq bo‘lishganini ta’kidladi:

«Biz ish boshlagan paytimizda, klubni qanday holatda kutib olishimizni tasavvur ham qilmagan edik. Uni hayotga qaytarish uchun juda qat’iy va keskin choralar ko‘rishimizga to‘g‘ri keldi. Rahbariyatning to‘g‘ri olib borgan ishi tufayli ushbu murakkab davr bugungi kunda quvonchga to‘la lahzalarga aylandi. Bugun «Barsa»ning kelajak uchun o‘z loyihasi bor. Biz kelgan paytda sport tuzilmasi butunlay izdan chiqqan, futbolchilar uchun xarajatlar haddan tashqari yuqori edi. Hamma narsani tartibga solish va maoshlar fondini qisqartirish oson kechgani yo‘q», — deb qayd etdi Yuste.

«Bu yil biz jamoani chempion qilish uchun 30 million yevro sarmoya kiritdik. Va bu boshqa klublar yuzlab millionlab investisiya kiritayotgan bir paytda sodir bo‘ldi».

Mavsum yakunlanishiga bir tur qolganda «Barselona» 94 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan «Real» hisobida esa 83 ochko mavjud.

Kiritildi: 15:58, 20.05.2026.
O'qildi: 776 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик