Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Jamal Musiala o‘tgan yilgi jiddiy YTH uchun jarimaga tortildi va haydovchilik huquqidan mahrum etildi

Jamal Musiala o‘tgan yilgi jiddiy YTH uchun jarimaga tortildi va haydovchilik huquqidan mahrum etildi

Baho:
+ | -

Jamal Musiala o‘tgan yili jiddiy yo‘l-transport hodisasiga (YTH) uchragan edi.

TZ nashriga Myunxen prokuraturasi matbuot kotibi Florian Lindemannning ma’lum qilishicha, voqea o‘tgan yilning 13 aprelida sodir bo‘lgan. «Bavariya» yarim himoyachisi onasini yo‘qlash uchun o‘zining Audi RS e-tron GT avtomobilida A8 avtostradasi bo‘ylab Zalsburg yo‘nalishida harakatlanayotgan bo‘lgan. Noyberg yaqinida futbolchi quvib o‘tish manevrini amalga oshirmoqchi bo‘lgan va o‘ng tomonida ketayotgan Volkswagen Golf avtomobilini sezmay qolgan, bu esa to‘qnashuvga olib kelgan.

Lindemannning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lning o‘sha qismida tezlik cheklovi soatiga 120 km etib belgilangan bo‘lishiga qaramay, Musiala to‘qnashuv vaqtida soatiga 194 km tezlikda harakat qilgan.

Volkswagenning 30 yoshli haydovchisi va uning 26 yoshli yo‘lovchi ayoli yengil jarohat olishgan. Musialaning o‘zi esa shok holatiga tushib qolgan va o‘sha zahoti ushbu avtomobilda bo‘lgan insonlar bilan gaplashgan. Moddiy zarar 200 ming yevroga baholandi.

Prokuraturaning xabar berishicha, Jamal 2026 yilning fevral oyida jarimaga tortilgan va haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan. Unga guvohnomasi jazo chorasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab to‘qqiz oy o‘tgach — ya’ni noyabr oyidan erta bo‘lmagan muddatda qaytarib berilishi mumkin.

«2025 yilning aprelida avariyaga uchraganim va bunga o‘zim sababchi bo‘lganim haqiqat. Tabiiyki, buning uchun butun mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman. Mening e’tiborsizligim tufayli hech kim jiddiy jarohat olmaganidan juda ham minnatdorman.

Buning uchun berilgan jazoni hamda mashina haydashga qo‘yilgan taqiqni qabul qildim», — deya voqeaga munosabat bildirdi Musiala.

Kiritildi: 07:23, 21.05.2026.
O'qildi: 150 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик