«Real» himoyachisi Daniel Karvaxal jamoa bilan xayrlashish maqsadida maxsus tadbir tashkillashtirdi.
18 may kuni Madrid klubi 34 yoshli futbolchi joriy mavsum yakunlanganidan keyin tarkibni tark etishini e’lon qilgan edi.
Jurnalist Mario Kortegananing xabar berishicha, bugun Karvaxal jamoadoshlarini va «Real»ning bir qator xodimlarini xayrlashuv kechki taomiga taklif qilgan. Biroq u bosh murabbiy Alvaro Arbeloani ushbu tadbirga chaqirmagan.
Avvalroq OAVda Daniel va Alvaro o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashgani va keskin tus olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.













