«Arsenal» bir mavsumdagi daromad bo‘yicha APLning yangi rekordini o‘rnatadi.
Agar jamoa 30 may kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ni mag‘lub etsa, Angliya chempionlarining umumiy daromadi taxminan 770 million funtni tashkil qiladi, deya yozmoqda The Times nashri. Shu bilan birga, klub hozirgacha o‘zi uchun 760 million funt daromadni kafolatlab bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich «Manchester Siti»ning 2023/24 yilgi mavsumdagi rekordidan (715 million funt) sezilarli darajada yuqoridir.
Bu natija «Arsenal»ni dunyoning eng boy klublari ro‘yxatida «Real» va «Barselona»dan keyingi uchinchi o‘ringa olib chiqishi mumkin. Biroq, London klubining transferlar va maoshlar uchun xarajatlari ham oshib ketgani sababli, mavsum yakunlariga ko‘ra baribir moliyaviy zarar qayd etilishi ehtimoli yuqori.













