Ispaniyalik futbolchi Daniel Karvaxal «Real»ni tark etmoqda. Pianetamilan.it portalining xabar berishicha, «Milan» klubi so‘nggi yillarda odat tusiga aylangan strategiyasi — faoliyatining cho‘qqisi ortda qolgan yoshi katta futbolchilarni taklif qilish rejasi asosida uni o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor bo‘lishi mumkin.
Zlatan Ibrahimovichning klubga ikkinchi bor qaytishi ham aynan mana shunday xarakterda bo‘lgan edi. Shuningdek, zahiradan maydonga juda muvaffaqiyatli tushib, ayniqsa «Milan»ning A Seriyada g‘olib bo‘lgan mavsumida bir qator muhim gollarni tuhfa etgan Olivye Jiru transferi ham xuddi shunday strategiya asosida amalga oshirilgandi. Tez orada bu boradagi yangi tafsilotlar paydo bo‘lishi mumkin.













