25 maydan 7 iyunga qadar Estoniyada bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionatiga o‘zbekistonlik hakamlar jalb etildi.
Mazkur musobaqa uchrashuvlarini Asker Najafaliyev bosh hakam, Ruslan Serazitdinov esa yordamchi hakam sifatida boshqarib boradi.













