Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Saudiya Arabistonida mavsum yakunlari: Jorje Jezush — eng yaxshi murabbiy, Kinyones esa to‘purar

Saudiya Arabistonida mavsum yakunlari: Jorje Jezush — eng yaxshi murabbiy, Kinyones esa to‘purar

Baho:
+ | -

«An-Nasr» ustozi Jorje Jezush yakunlangan Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb e’lon qilindi.

Portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida Ar-Riyod klubi 2019 yildan beri ilk bor chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi. Jamoa mavsum davomida bir qator ajoyib natijalarni qayd etdi:

  • Eng ko‘p g‘alaba (28 ta).

  • Eng uzun g‘alabali seriya (ketma-ket 16 ta o‘yin).

  • Eng ko‘p gol urgan jamoa (91 ta).

  • Eng yaxshi to‘plar nisbati (+63).

  • Shuningdek, «Al-Nasr» «Al-Ahli» bilan birgalikda eng ko‘p «quruq» o‘yin o‘tkazgan jamoa bo‘ldi (17 ta).

Mavsumning individual sovrindorlari:

  • To‘purar (Oltin butsa): «Al-Qodisiya» hujumchisi Xulian Kinyones 33 ta gol bilan mavsumning eng yaxshi to‘purariga aylandi. U «Al-Ahli» hujumchisi Ayven Tounini atigi bir gol farqi bilan ortda qoldirdi. O‘tgan ikki mavsumda ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan «An-Nasr» forvardi Krishtianu Ronaldu bu safar 28 ta gol bilan cheklandi.

  • Eng yaxshi darvozabon (Oltin qo‘lqop): «Al-Ahli» posboni Eduar Mendi eng yaxshi deb topildi. U va «Al-Hilol» darvozaboni Yassin Bunu teng miqdorda (14 ta) «quruq» o‘yin o‘tkazishgan bo‘lsa-da, senegallik darvozabon kamroq gol o‘tkazib yuborgani (18 taga qarshi 20 ta) evaziga ustunlikka erishdi.

Kiritildi: 12:30, 23.05.2026.
O'qildi: 5063 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик