Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Tuxel Stounzni nega terma jamoaga chaqirganini tushuntirdi

Tuxel Stounzni nega terma jamoaga chaqirganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Manchester Siti» himoyachisi Jon Stounzning jamoada katta rol o‘ynashga tayyorligi haqidagi savolga javob berdi.

«Ha, aks holda uni tarkibga chaqirmasdim. U chaqiruvdan ruhlangan, men esa uni safda ko‘rganimdan xursandman. Men Jonga ishonaman.

Menimcha, u jahon darajasidagi futbolchi, ajoyib inson va g‘alaba qozonish tajribasiga ega. U g‘oliblik madaniyatiga qanday moslashishni biladi. U maydondagi vaziyatga qarab taktik jihatdan o‘zgara oladi. U hamon eng yuqori darajadagi futbolchi, buni uning o‘yinidan va harakatlaridan ko‘rish mumkin.

Biz uning mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlarni tahlil qildik. Savolingizni tushunib turibman: mavsumning ikkinchi qismida uning saviyasini tasdiqlovchi yetarlicha dalillar yo‘q [o‘yin amaliyoti kamligi tufayli].

Xushxabar shundaki, u ayni paytda sog‘lom. Yomon xabar esa — u biz istaganimizchalik ko‘p o‘ynamadi. Ammo o‘ylashimcha, biz Jahon chempionatiga kechroq start olishimizning afzalliklaridan foydalana olamiz. Birinchi o‘yingacha hali to‘rt hafta vaqtimiz bor. Biz o‘z prinsiplarimizga qaytamiz. Ikkita o‘rtoqlik o‘yinida unga amaliyot berish imkoniyatimiz bor va shunda, umid qilamanki va ishonamanki, u biz uchun kuchli turnir o‘tkazadi», – dedi Tuxel.

Stounz o‘n yil davom etgan «Manchester Siti»dagi faoliyatini mavsum yakunida yakunlaydi. Joriy APL mavsumida himoyachi «shaharliklar» safida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: 12:45, 23.05.2026.
O'qildi: 511 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик