Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Gvardiolaning yordamchisi Leynders ham «Man Siti»ni tark etadi

Gvardiolaning yordamchisi Leynders ham «Man Siti»ni tark etadi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi yordamchisi Pep Leynders mavsum yakunida klubdan ketadi. Bundan avvalroq «shaharliklar» Pep Gvardiolaning mavsum oxirida bosh murabbiylik lavozimini tark etishini e’lon qilgan edi.

The Athletic nashrining xabariga ko‘ra, «Siti» rahbariyati niderlandiyalik mutaxassis jamoada qolishini va Gvardiola davri tugaganidan keyingi yangi loyihaning bir qismi bo‘lishini istagan.

Ma’lum qilinishicha, ispaniyalik mutaxassisning o‘rnini «Chelsi» sobiq murabbiyi Enso Mareska egallaydi. Biroq, Leynders italiyalik murabbiyning yordamchilaridan biri sifatida ishlashni ko‘zda tutuvchi yangi uzoq muddatli shartnomani imzolashdan bosh tortgan.

Leynders yakshanba kungi «Aston Villa»ga qarshi o‘yindan so‘ng «Siti» futbolchilari va xodimlari bilan xayrlashadi. 43 yoshli mutaxassis shu yozda faoliyatini boshqa yerda davom ettirishi kutilmoqda.

Niderlandiyalik mutaxassis o‘tgan yozda «Siti»ga kelib, yana 12 oyga uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik shartnoma imzolagan edi. Bungacha Leynders «Liverpul»da Yurgen Kloppning assistenti bo‘lib ishlagan.

Kiritildi: 14:12, 23.05.2026.
O'qildi: 543 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик