Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Bernardu Silvaning «Atletiko»ga o‘tishi yaqinlashmoqda

Bernardu Silvaning «Atletiko»ga o‘tishi yaqinlashmoqda

Baho:
+ | -

Bernardu Silva «Atletiko» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Avvalroq madridliklar klubi mavsum yakunida «Manchester Siti»ni erkin agent sifatida tark etadigan yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi.

«Marca» xabariga ko‘ra, tomonlar hozircha moliyaviy masalalar bo‘yicha kelishuvga erishgani yo‘q. Portugaliyalik futbolchi «Siti»da yiliga taxminan 18 million yevro ish haqi olgan bo‘lsa, «Atletiko» unga bunchalik katta maosh to‘lay olmaydi, futbolchining o‘zi ham bunday summani kutmayapti. Shunga qaramay, Silva Madrid klubidagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylanishi kutilmoqda. Taqqoslash uchun, «Atletiko»da hozirda eng ko‘p maoshni Yan Oblak oladi — yiliga taxminan 10 million yevro.

Har ikki tomon ham hamkorlikka qiziqish bildirmoqda. Muzokaralar jarayoni APL va La Liganing so‘nggi turidan keyin tezlashishi kutilmoqda. Tomonlar Bernardu 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan Portugaliya terma jamoasi ixtiyoriga yetib kelguniga qadar shartnoma imzolashni rejalashtirishmoqda.

Joriy mavsumda 31 yoshli futbolchi APLda 37 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:06, 23.05.2026.
O'qildi: 863 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик