Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Maks Ferstappen JCH-2026 haqida: «Niderlandiya yaqqol favorit emas, ammo men ularni jon kuydirib qo‘llab-quvvatlayman»

Maks Ferstappen JCH-2026 haqida: «Niderlandiya yaqqol favorit emas, ammo men ularni jon kuydirib qo‘llab-quvvatlayman»

Baho:
+ | -

«Red Bull» poygachisi va «Formula-1» yulduzi Maks Ferstappen bo‘lajak futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga bo‘lgan munosabatini bildirib, Niderlandiya terma jamoasining imkoniyatlariga baho berdi.

De Telegraaf nashriga bergan intervyusida Ferstappen imkon qadar ko‘proq o‘yinlarni tomosha qilishga harakat qilishini aytdi. Niderlandiya terma jamoasining istiqbollari haqida to‘xtalar ekan, u quyidagicha fikr bildirdi:

«Terma jamoamizning imkoniyatlarini baholash qiyin. Bunga jamoa tarkibidagi ba’zi noaniqliklar ham sababdir. Ular, albatta, musobaqaning yaqqol favoritlari emas, lekin favorit bo‘lishlari shart ham emas. Yakunda ko‘pincha eng yorqin yulduzlarga ega bo‘lgan emas, balki eng yaxshi shakllangan jamoa g‘olib chiqadi. Men har doim ularni qo‘llab-quvvatlayman va haqiqiy muxlis sifatida televizor qarshisidan ketmayman», — dedi Ferstappen.

Kiritildi: 18:40, 23.05.2026.
O'qildi: 483 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик