Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 1-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Leau uchun kurashga Turkiya grandi ham qo‘shildi

Leau uchun kurashga Turkiya grandi ham qo‘shildi

Baho:
+ | -

Hujumchi Rafael Leau yozgi transferlar oynasida «Milan»ni tark etishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, portugaliyalik futbolchiga «Manchester Yunayted» va «Fenerbaxche» klublari qiziqish bildirmoqda.

Turkiya klubi portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashga qo‘shilgan bo‘lsa-da, uning katta maoshi transferni amalga oshirishda asosiy to‘siq bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida, futbolchining o‘zi avvalroq unga qiziqish bildirgan «Barselona»dan rasmiy taklif kutmoqda.

Rafael Leau «Milan»ga 2019 yilda «Lill»dan 49 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning «rossonerilar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi jamoa safida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 13:38, 24.05.2026.
O'qildi: 706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик