Milanning «Inter» klubi rahbariyati yozgi transferlar oynasida uch nafar futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Corriere dello Sport jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Italiyaning top-klubini uch nafar yarim himoyachi tark etadi: Luis Enrike, Aleksandar Stankovich va Davide Frattezi. «Neradzurrilar» ushbu uchlikni sotish orqali taxminan 90 million yevro ishlab olishni ko‘zlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Inter» joriy mavsumda Italiya A Seriya chempioniga aylandi. Bundan tashqari, Milan jamoasi mamlakat Kubogini ham qo‘lga kiritdi. Final uchrashuvida ular Rimning «Lasio» klubini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.













