Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

APL. «Manchester Siti» — «Aston Villa» o‘yini uchun tarkiblar e’lon qilindi

APL. «Manchester Siti» — «Aston Villa» o‘yini uchun tarkiblar e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Bugun, 24 may kuni Angliya Premyer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsum 38-tur doirasida «Manchester Siti» va «Aston Villa» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Uchrashuv Manchesterdagi «Etixad» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yinni bosh hakam Endryu Medli boshqarib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Jamoalarning asosiy tarkiblari:

  • «Manchester Siti»: Trafford, Diash, Stounz, Ake, Lyuis, N. Gonsales, B. Silva, Reynders, Foden, Savio, Semenyo.

  • «Aston Villa»: Bizot, Lindelyof, Mings, Garsiya, Matsen, Bogard, D. Luis, Barkli, Buendiya, Uotkins, Beyli.

Angliya chempionatining 37 turidan keyin «shaharliklar» 78 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Birmingem klubi 62 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onani egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan turda Xosep Gvardiola shogirdlari «Bornmut» bilan durang (1:1) o‘ynagan bo‘lsa, Unai Emeri boshchiligidagi «Aston Villa» «Liverpul»ni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:46, 24.05.2026.
O'qildi: 1039 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик