Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

"Milan" iste’folar bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

"Milan" iste’folar bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Baho:
+ | -

"Milan" klubi Massimiliano Allegri va rahbariyatning iste’fosi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Jamoa A Seriya mavsumini 5-o‘rinda yakunladi va Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi.

"O‘tgan mavsumdagi umidsizlikdan so‘ng, klub rahbariyati oldiga Chempionlar ligasiga qaytish va A Seriyada barqaror g‘alabalar uchun poydevor yaratish vazifasi qo‘yilgan edi. Mavsumning katta qismida biz A Seriyada kuchli ikkilikda bordik va skudetto uchun kurashish uchun real imkoniyatlarga ega edik.

Mavsumning yakuniy qismi shu vaqtgacha ko‘rsatilgan saviyaga umuman mos kelmadi, kechagi so‘nggi o‘yindagi ("Kalyari"dan 1:2 hisobida uchralgan mag‘lubiyat – tahr.) achinarli mag‘lubiyat esa mavsumni shubhasiz muvaffaqiyatsizlikka aylantirdi. Endi o‘zgarishlar va futbol operasiyalarini har tomonlama qayta tashkil etish vaqti keldi.

Biz bosh direktor Jorjio Furlani, sport direktori Igli Tare, bosh murabbiy Massimiliano Allegri va texnik direktor Jeffri Monkada bilan xayrlashamiz. Ularning har biriga "Milan"dagi faoliyati davomidagi mehnati va sadoqati uchun minnatdorchilik bildiramiz. Keyingi tayinlovlar kelasi mavsumga tayyor bo‘lish maqsadida belgilangan tartibda amalga oshiriladi", — deyiladi "rossonerilar" bayonotida.

Kiritildi: 22:23, 25.05.2026.
O'qildi: 584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик