Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Fabrisio Romano Xulian Alvaresning kelajagi borasidagi insayd bilan o‘rtoqlashdi

Fabrisio Romano Xulian Alvaresning kelajagi borasidagi insayd bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares yozgi transferlar oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar qildi.

Manbaga ko‘ra, argentinalik forvard 2030 yilgacha amal qiladigan shartnomasi mavjud bo‘lishiga qaramay, hozircha Madrid klubi rahbariyati bilan yangi bitim borasida aniq muzokaralar olib bormayapti.

Alvaresga «PSJ», «Barselona», shuningdek Angliya Premyer-ligasining bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, jiddiy takliflar tushgan taqdirda «Atletiko» uchun futbolchini jamoada olib qolish oson bo‘lmaydi.

Alvares Madrid klubiga 2024 yil yozida «Manchester Siti»dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsumda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:09, 26.05.2026.
O'qildi: 582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик