Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Rio Ferdinand APL mavsumi yakunlarini sarhisob qildi

Rio Ferdinand APL mavsumi yakunlarini sarhisob qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

«Manchester Yunayted» sobiq himoyachisi Rio Ferdinand APL mavsumi yakunlariga to‘xtaldi.

«Premyer-liga ajoyib o‘tdi... Chempionlik poygasi deyarli oxirigacha davom etdi! «Arsenal»ni tabriklayman.

«Manchester Yunayted» APLda 15-o‘rindan 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Vest Xem»ning tushib ketgani xafa qildi. «MYU»ga katta o‘zgarishlar kerak! «Bornmut», «Sanderlend» va «Brayton»ga qoyil qolaman. «Brentford»dan Kit Endryusga alohida rahmat – u bunchalik oson bo‘lmaydi deb o‘ylagandim.

Keyingi mavsumda bir narsani tuzatish kerak – VAR.

Mavsumning eng yaxshi futbolchisi – Brunu Fernandesh. Eng yaxshi murabbiy – Mikel Arteta. Mavsum kashfiyoti – «Sanderlend». Eng yaxshi transferlar – Jaka, Lammens, Semenyo.

Jamoalarini tark etayotgan Gvardiola va Salohga «MYU» muxlisi nomidan rahmat! Lekin jiddiy aytadigan bo‘lsam, ularning ikkalasi ham APL uchun juda ko‘p ish qilishdi va ajoyib shaxslardir. Keyingi ishlarida omad!» – deb yozdi Ferdinand tvitterda.

Kiritildi: 17:04, 26.05.2026.
O'qildi: 309 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик