Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kanselu «Barselona»da yana ikki yil o‘ynashni xohlamoqda

Kanselu «Barselona»da yana ikki yil o‘ynashni xohlamoqda

Baho:
+ | -

«Al-Hilol» qanot himoyachisi Joau Kanselu, yanvar oyidan beri ijara asosida «Barselona» safida to‘p surayotganiga qaramay, faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirishni istamoqda. 31 yoshli futbolchi «ko‘k-anorranglilar» safida kamida ikki mavsum o‘tkazishni rejalashtirgan. Shundan keyin Kanselu «Benfika»ga qaytish variantini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Al-Hilol» portugaliyalik himoyachining transferi uchun 10 million yevro talab qilmoqda. Kanselu esa «Barselona»da o‘ynash uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor.

Kataloniya klubi ham futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Kanselu 2023/2024 mavsumda ham «Barselona» safida o‘ynagan. U jamoa tarkibida jami 65 ta uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol va 9 ta assist qayd etgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:30, 26.05.2026.
O'qildi: 618 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик