Futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Germaniya Bundesligasi bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni taqdim etdi. Kutilganidek, o‘ninchi bor chempionlikni qo‘lga kiritgan Myunxenning «Bavariya» klubi yuqori o‘ntalikda mutlaq ustunlik qilmoqda.
Reytingning birinchi pog‘onasini «Bavariya» vingeri Maykl Olise egallab turibdi, uning qiymati 150 mln yevroga baholangan. Ikkinchi o‘rinda uning jamoadoshi Jamal Musiala (100 mln yevro) joylashgan bo‘lsa, kuchli uchlikni «RB Leypsig» hujumchisi Yan Diomande (90 mln yevro) yakunlab bergan.
Bundesliganing eng qimmat futbolchilari top-10 taligi (27 may, 2026 yil):
Maykl Olise («Bavariya») — € 150 mln.
Djamal Musiala («Bavariya») — € 100 mln.
Yan Diomande («RB Leypsig») — € 90 mln.
Aleksandar Pavlovich («Bavariya») — € 90 mln.
Deotshankyul Upamekano («Bavariya») — € 70 mln.
Luis Dias («Bavariya») — € 70 mln.
Lennart Karl («Bavariya») — € 60 mln.
Luka Vushkovich («Gamburg») — € 60 mln.
Xarri Keyn («Bavariya») — € 60 mln.
Niko Shlotterbek («Borussiya» Dortmund) — € 55 mln.
Ro‘yxatdan ko‘rinib turibdiki, «Bavariya» nafaqat maydonda, balki futbolchilarning bozor qiymati bo‘yicha ham Germaniyada yaqqol yetakchilikni saqlab qolmoqda. «Gamburg» vakili Luka Vushkovichning sakkizinchi o‘rinda qayd etilishi esa joriy mavsumning eng kutilmagan yangiliklaridan biri bo‘ldi.













