Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya 1-3 Misr
22/06 22:00 Argentina 2-0 Avstriya
23/06 02:00 Fransiya 3-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya 3-2 Senegal
23/06 08:00 Iordaniya 1-2 Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya - Gana
24/06 04:00 Panama - Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya - Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar

Arsen Venger: «Arsenal» Yevropa va Angliyada hukmronlik davrini boshlashi kerak»

Arsen Venger: «Arsenal» Yevropa va Angliyada hukmronlik davrini boshlashi kerak»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi Angliya Premyer-ligasi (APL) va Chempionlar ligasida hukmronlik davrini boshlashi kerak. Hozirda jamoa eng nufuzli yevrokubok musobaqasida g‘alaba qozonishga har qachongidan ham yaqin va bunga munosibdir.

Bunday fikr bilan «kanonirlar»ning sobiq ustozi Arsen Venger jurnalistlar bilan suhbatda o‘rtoqlashdi. Aynan uning qo‘l ostida londonliklar Chempionlar ligasi finaliga chiqqan, ammo «Barselona»ga mag‘lub bo‘lishgan edi.

UYEFA matbuot xizmati fransiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi:

«O‘shanda muvaffaqiyatdan 13 daqiqa uzoqlikda edik. Menimcha, jamoalarning imkoniyatlari 50/50, ammo men «Arsenal»ga stavka qilgan bo‘lardim».

Uning qo‘shimcha qilishicha, «Arsenal» nafaqat APLda, balki Yevropa maydonlarida ham hukmronlikni boshlashi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 2025/2026 yilgi mavsumda «kanonirlar» 22 yil ichida ilk bor chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. 30 may kuni «Arsenal» Chempionlar ligasi finalida amaldagi chempion — «PSJ» bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 21:58, 27.05.2026.
O'qildi: 992 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик