Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yamal to‘p bilan mashg‘ulotlarni boshladi

Yamal to‘p bilan mashg‘ulotlarni boshladi

Baho:
+ | -

«Barselona» vingeri Lamin Yamal jarohatidan tiklanish yo‘lida navbatdagi qadamni tashladi. 18 yoshli futbolchi aprel oyida La Liganing «Selta»ga qarshi o‘yinida (1:0) penalti tepayotganda sonining orqa mushagidan jarohat olgan va mavsumning so‘nggi oyini o‘tkazib yuborgan edi.

Xabarlarga ko‘ra, Lamin Ispaniya terma jamoasining JCH-2026 doirasidagi Kabo-Verdega qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi va Saudiya Arabistoni bilan bo‘ladigan bahsda ham maydonga tushmasligi mumkin.

Yamal Ispaniya terma jamoasi ixtiyoriga jo‘nab ketishdan oldin «Barsa» bazasidagi so‘nggi kunlarida maydonga qaytdi va to‘p bilan mashq qilmoqda. Bir necha haftalik trenajyor zalidagi mashg‘ulotlardan so‘ng, u tiklanish jarayonida sezilarli ilgariladi.

Lamin o‘zini yaxshi his qilmoqda va «Barselona» tibbiy shtabi uning holatidan mamnun. Agar kutilmagan asoratlar kelib chiqmasa, vinger o‘zining ilk Jahon chempionatida ishtirok etishi kerak.

Ispaniya terma jamoasi mashg‘ulot yig‘inlarini shu shanba, 30 may kuni boshlaydi.

Kiritildi: 02:29, 28.05.2026.
O'qildi: 351 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик