«Manchester Siti»ni tark etayotgan Bernardu Silva klubdan ketayotgan murabbiy Xosep Gvardiolaga bag‘ishlab post qoldirdi.
«Pep Angliyaga kelishimdan oldin ham men uchun ilhom manbai bo‘lgan. To‘qqiz yil o‘tib, men uning qo‘l ostida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandim – bu ulkan sharaf. U kelganida, odamlar Premyer-ligada bunday uslubda o‘ynab hukmronlik qilish mumkin emas, deb aytishgandi. Xo‘sh, ular adashishgan ekan... U nafaqat hukmronlik qildi, balki avval boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi, Angliya futbolini ham butunlay o‘zgartirdi. Boshqa murabbiylar mening kamchiligim deb hisoblagan ko‘pgina jihatlarni Gvardiola kuchli tomonlarim sifatida ko‘ra oldi. U men va oilam uchun qilgan ishlari uchun qanchalik minnatdor ekanimni so‘z bilan ifodalay olmayman. Barcha go‘zal xotiralar uchun barcha davrlarning eng buyuk murabbiyiga rahmat!» – deb yozdi portugaliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.
Silva «shaharliklar» safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. Gvardiola esa jamoani undan bir yil oldin boshqargan.













