Kirish Ro'yxatdan o'tish

Olmoning taqdiri Xulian Alvares transferiga bog‘liq bo‘lib qoldi

Olmoning taqdiri Xulian Alvares transferiga bog‘liq bo‘lib qoldi

Baho:
+ | -

Dani Olmoning «Barselona»dagi kelajagi so‘roq ostida. Diario SPORT nashrining xabar berishicha, «ko‘k-anorranglilar» sport direktori Deku futbolchining agentlari bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Ular aynan nima haqida gaplashgani noma’lum, ammo bu uchrashuv bevosita Olmo bilan bog‘liqligi tasdiqlangan. Ushbu uchrashuvda hujumchi Xulian Alvaresning «Barselona»ga o‘tishi bo‘yicha transfer ishlari bilan shug‘ullanayotgan vositachi Xuanma Lopes ham ishtirok etgan.

Dani Olmo 2024 yilda «RB Leypsig»dan «Barselona»ga 61 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi kataloniyaliklar safida barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 12:17, 28.05.2026.
O'qildi: 1385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик