«Inter» va «Liverpul» yarim himoyachi Kyortis Jonsning ehtimoliy transferini muhokama qilmoqda. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio o‘z saytida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yaqinda Monakoda «Inter» sport direktori Pyero Auzilio va «Liverpul» vakili Richard Xyuz o‘rtasida transfer masalasi bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tgan. 22 yoshli yarim himoyachi qishgi transfer oynasidan buyon «Inter»ning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Milan klubi Jonsni yuqori saviyada o‘ynash tajribasiga ega istiqbolli futbolchi deb hisoblaydi.
Hozircha tomonlar o‘rtasida yakuniy kelishuv mavjud emas, biroq muzokaralar davom etmoqda. Avvalroq «Liverpul» futbolchini taxminan 30 million yevroga baholayotgani, «Inter» esa 20 million yevro atrofida mablag‘ taklif qilishga tayyorligi haqida ma’lumotlar tarqalgandi.













